Mirziyoyev bu hafta Yaponiya yetakchisi va mintaqa liderlari bilan muloqot o‘tkazadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ayni daqiqalarda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing o‘tkazmoqda. Asadov unda Prezidentning bu haftadagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Prezidentning hafta davomidagi ish grafigi quyidagicha bo‘ladi:

  • Bugun, 10 may kuni davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus taqdimot; 
  • Sog‘liqni saqlash sohasini  raqamlashtirish jarayonlari hamda sohada davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar  taqdimoti;
  • hududlarni iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor;
  • Yaponiya yetakchisi va mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan O‘zbekiston Prezidentining muloqoti rejalashtirilgan.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Hayit bayramini nishonlash bo‘yicha Prezidentga Qaror loyihasi bo‘yicha axborot beriladi. U tez orada OAV orqali e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Mirziyoev

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing