Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafigi e’lon qilindi
Jamiyat
−
01 avgust 2022
24945Joriy haftada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘lu hamda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramovni qabul qiladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 1 avgust kuni Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tdi.
Asadovga ko‘ra, Toshkent shahrida O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining ilk marotaba uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlik, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunukatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Prezident unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga keladigan Turkiya TIV rahbari Mevlud Chavusho‘g‘lu hamda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramovni qabul qilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Prezident 28 iyuldan beri O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha komissari Qayrat Abdurahmanovni qabul qiladi.
Bundan tashqari, hafta davomida mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish va muhokamalar o‘tkaziladi.
LiveBarchasi