Shavkat Mirziyoyev Jalolov, Mirzahalilov va Zoirovni mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin: 

“O‘zbekiston iftixori”

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” 

Kurbanov Marat Galiyevich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi

Erkayev Baxodir Turgunovich - Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Shuhrat” medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati.

Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev boks

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing