Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Qayd etilishicha, o‘zaro hamkorlik o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi.

Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut ko‘magida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing