Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jamiyat
−
31 avgust 409 1 daqiqa
Bugun, 31 avgust kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshgan.
.jpg)
Sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
O‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni kelgusida ham kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilgan.
Live
Barchasi