Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Rossiya yetakchisini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklab, parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tilagan.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari hamda Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini natijador qilib o‘tkazish muhimligi qayd etilgan.

Tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing