Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image_2021-07-05_22-43-35

Bugun, 5 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida davlat rahbarlari mintaqaviy muammolar, birinchi navbatda Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi bo‘yicha fikr almashgan.

“Ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining rivojlanishiga yuqori baho berildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 iyul kuni Prezident Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham telefon orqali suhbatlashib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Qayd etish kerakki, Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatdan so‘ng, Qozog‘iston va Rossiya davlat rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashdi.

Faollashgan "Tolibon"

Joriy yilning 1 may kuni AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Amerika va NATO kuchlarini Afg‘onistondan ketishni boshlaganidan beri 50 dan ortiq tumanni o‘z nazorati ostiga olgan.

Natijada Tahor viloyatining Chaheb, Yangi Kal’a, Darkad, Dashti Qal’a, Xojag‘or tumanlari, Qunduz viloyatining Dashti Archi, Imom Sohib va Qal’ai Zol tumanlari, shuningdek Sherxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. 

So‘nggi kunlarda toliblar bilan janglarda og‘ir zarbaga uchragan afg‘on qo‘shinlarining qo‘shni respublikalar hududiga qochib o‘tish holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan.

Bugun, 5 iyul kuni ham 1000 dan ortiq Afg‘oniston harbiylari “Tolibon” jangarilarining hujumi sabab qo‘shni Tojikistonga qochib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing