Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlariga aholini qanday band etish yo‘lini o‘rgatdi

Jamiyat

image

Kecha, 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari misolida muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash – eng dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi. Bu boradagi katta rezervlardan biri esa bog‘ va tokzorlar qator oralari ekanligi aytildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Farg‘ona viloyatida 34 ming gektar, Qashqadaryoda 22 ming gektardan ortiq maydonlarda bog‘ va tokzorlar bo‘lishiga qaramay, har yili faqat 20 foiz qator oralariga ekin ekiladi.

Davlat rahbari mazkur holatni inobatga olib, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga mavjud bog‘ va tokzorlar qator oralariga to‘liq ekin ekilishini tashkil qilish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

Foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bo‘lib berish zarurligi qayd etildi. Buning uchun Farg‘onaga 15 milliard so‘m, Qashqadaryoga 11 milliard so‘m ajratilgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing