Shavkat Mirziyeyov Vengriya Bosh vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
3506O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Turkiy kengashning Bakudagi sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Vengriya hukumati rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning kengashga qo‘shilgani bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Amaliy hamkorlikka oid, avvalo qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat, farmatsevtika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyasining uchrashuvlarini muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Xalqaro ahamiyatga molik, jumladan O‘zbekiston-YeI yo‘nalishidagi sheriklikning dolzarb masalari ham ko‘rib chiqildi.
LiveBarchasi