Shavkat Mirziyoyev vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Joriy yilda Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million AQSH dollarilik investitsiya bitimlari imzolandi. Ushbu loyihalarning paysalga solinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z raisligida o‘tayotgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mas’ullarni ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 milliard AQSH dollarilik kelishuvlarga erishilgan. Bundan tashqari, shu yilning o‘zida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million AQSH dollarilik investitsiya bitimlari imzolangan.

Vazirlar, tarmoq rahbarlari yoki hokimlar ushbu loyihalarning paysalga solinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Investitsiya ko‘paygani hisobiga qurilish ham oshadi. Mutasaddilarga bu yilgi qurilish hajmini 400 trillion so‘mga olib chiqib, sohada kamida 17 foiz o‘sishni ta’minlash topshirilgan.

Joriy yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi uchun byudjetdan 40 trillion so‘m berilmoqda. Bu qurilish, qurilish materiali, metallurgiya va elektrotexnika korxonalari uchun katta bozor.

Lekin hududlardagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari qurilish sifati va samaradorligini nazorat qilishga ulgurmayapti. Shu bois, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Farg‘onada buyurtmachi xizmatlariga tajriba tariqasida xususiy sektorni jalb qilish muhimligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev loyiha investitsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing