Shavkat Mirziyoyev va Robaxon Mahmudovaning hujjatlari MSKga topshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 31 may kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga ushbu partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat etdi va qonunchilikda belgilangan hujjatlarni topshirdi.  

MSKga siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, majlis bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekani to‘g‘risidagi arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov,  “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudova Anvarovna, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik uchun kurashadi. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi esa prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilgan. Partiyasi rahbari Alisher Qodirov amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudovaнинг saylovoldi dasturlari e’lon qilingandi. 30 may kuni esa O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayev va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevнинг saylovoldi dasturlari e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev saylov Adolat Robaxon Mahmudova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing