Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar
Jamiyat
−
19 aprel 2019
4718Avval xabar berganimizdek, bugun, 19 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi va Kores Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikka doir hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kores Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Mazkur tashrif doirasida, shuningdek, maktabgacha ta’lim, mehnat va bandlik, adliya, qishloq xo‘jaligi, kapital bozorini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes, o‘simliklar karantini sohalarida, qolaversa, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
LiveBarchasi