Şavkat Mirziyoyev Ummonga yetib bordi
O‘zbekiston
−
18:35 903 1 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ummon Sultonligiga bordi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat havo hududida davlat rahbarining samolyotini sultonlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçilari kuzatib borgan.




Masqat xalqaro aeroportida Prezidentni Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib olgan.


Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan va faxriy qorovul safi oldidan ötgan.




Aeroportning Sultonlik terminalida bölib ötgan qisqa suhbatdan söng davlat rahbarlari birgalikda “Al-A’lam” saroyiga yöl olgan.
Live
Barchasi