Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
4963Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi.
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi.
Davlat rahbari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar, qurilishi davom etayotgan loyihalar bilan ham tanishdi.
Shu kunning o‘zida Prezident Toshkentga qaytib keldi.