Shavkat Mirziyoyev ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Meri Elis Xeyvordga agentlik bosh direktori Yukiya Amanoning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Davlat rahbari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Yukiya Amano bugun, 22 iyul kuni 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U 2009  yildan beri XAEAni boshqarib kelayotgan edi, ungacha Amano agentlik elchisi va Yaponiyadagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.
Qayd etilishicha, Yukiya Amano tashkilot rahbarligidan iste’foga chiqish niyatida bo‘lgan. Rahbarning vafoti munosabati bilan XAEA bayrog‘i machtaning yarmigacha tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya

Baholaganlar

259

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing