Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabartini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Prezidentning tegishli farmoni ham imzolandi.

Suma Chakrabarti O‘zbekiston va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun taqdirlandi.

“Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini ta’minlashga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiyaviy loyihalarga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va ko‘magi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, deyilgan farmonda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini 8 yildan beri boshqarib kelayotgan Suma Chakrabarti 2 iyul kuni o‘z vakolatlarini topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Suma Chakrabarti Evropa tiklanish va taraqqiyot banki

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing