Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda fuqaro xonadonida mehmon bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, bu uy mamlakatdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olinmoqda.

Davlat rahbari bu sa’y-harakatlarni ma’qullab, mana shunday obod xonadonlar ko‘payishi kerakligini ta’kidladi.

“Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad - odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqaryapmiz. Korxonalar ochilyapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli bo‘lyapti. Bundaylar ko‘payishi, buning uchun rivojlanish mahallada bo‘lishi kerak. Mahalla yaxshi bo‘lsa, davlat kuchli bo‘ladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing