Shavkat Mirziyoyev SHHT doirasida muhim hujjatni imzoladi

Jamiyat

image

2007 yil 27 iyunda “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitim” imzolangan edi. 2019 yilning 29 aprel kuni esa shu Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqida Bayonnoma tuzilgan edi.

Kecha, 30 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi.

Qonun SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, o‘z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 26 iyun kuni Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing