Mirziyoyev Rossiyada. Prezident Kremlga yo‘l oldi
Jamiyat
−
19 noyabr 2021 10205 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi.
Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Live
Barchasi