Shavkat Mirziyoyev Rossiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Mixail Mishustin O‘zbekiston rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boshidan buyon uning hajmi 20 foizga oshdi. Energetika, metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’atini saqlab qolishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish hamda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston yetakchisi hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda madaniy va ta’lim almashinuvi dasturlarini ilgari surish muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qilgandi. Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing