Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirg‘izistonga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun rafiqasi hamrohligida Bishkek shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Manas” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing