Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni tanqid qildi (video)

Jamiyat

Yunusobodda ishchilar daraxtlar atrofini betonlab tashladi north_east

Yunusobodda ishchilar daraxtlar atrofini betonlab tashladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etildi. Unda Prezident yirik investitsion loyihalar bilan tanishayotgan vaqtda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga alohida murojaat qilib, shahar ichidagi qurilish ishlarini tanqid ostiga oldi.

“Men 4-5 yil Toshkentda ishlaganman, og‘ayni. Bu yerda 120 lik kichkinagina kanalizatsiya qo‘yganmiz. Sen u yerda to‘qqiz qavatli uy qo‘yib qo‘yibsan. Xudo xayringni bersin, nasos stansiyani qurishimiz kerakmi yoki yo‘qmi? Quvurlarni mustahkamlash kerakmi? Maktab-chi? Bog‘cha-chi?” deydi Shavkat Mirziyoyev.

Dasturda aytilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha prezidentning asosiy topshirig‘i - loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun ularni ekspertizadan o‘tkazish, bu tizimni tarmoqlar va hududlar kesimida ham tatbiq etib, investitsiya loyihalarining tayyorlanishi va bajarilishini baholab borish, quyi bo‘g‘indagi mutaxassislarga ko‘maklashishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

1485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing