Yunusobodda ishchilar daraxtlar atrofini betonlab tashladi
Jamiyat
−
01 fevral 2021
9538Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘l bo‘yidagi daraxtlar tag qismi betonlab tashlangani aks etgan suratlar tarqaldi va bu holat keng jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi.
Surat muallifi voqeaga joriy yilning 28 yanvar kuni, “Qozog‘iston” turar joy majmuasi yonida guvoh bo‘lganini bildirgan. Ishchilarga yaqinlashib, bunday qilish mumkinmasligini, har bir daraxt atrofida joy qoldirish kerakligini tushuntirgan.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati bunga munosabat bildirib, holat yuzasidan davlat inspetkorlari murojaatda qayd etilgan manzilda o‘rganish ishlari olib borilganini va mas’ullarni zudlik bilan jalb qilgan holda holat bartaraf etilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi