Shavkat Mirziyoyev Olimpiada sovrindorlari va ularning ota-onalari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, barchani Olimpiadadagi g‘alaba bilan tabrikladi.

“Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ulkan, tom ma’noda tarixiy g‘alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, barchamiz dunyodagi eng nufuzli ana shu musobaqalarda O‘zbekiston vakillarining har bir chiqishini “oynai jahon” orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordik.

O‘z navbatida, mard va jasur sportchilarimiz ham bunday yuksak ishonchni oqlab, xalqimizga yorqin g‘alabalarni tortiq etdilar.

Hech shubhasiz, bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Olimpiadada o‘zbek sportchilari yuksak shohsupalarga ko‘tarilib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritganini yodga olib, Olimpiya o‘yinlarida yer yuzining eng zo‘r, manaman degan sport ustalari ishtirok etishini ta’kidladi.

“Sizlar dunyo tan olgan sportchilar bilan mardona olishib, ularning o‘zini ham, ular erishgan natijalarni ham ortda qoldirib, 3 ta Olimpiya rekordini yangilab, jahon sportida ham yorqin sahifa ochdingiz.

Mamlakatimiz jamoasi 200 dan ziyod davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar orasida umumjamoa hisobida – o‘ttiz ikkinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi. Bu chindan ham o‘zbek sporti tarixidagi ulkan natijadir”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

463

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing