Shavkat Mirziyoyev nomidan sahifa ochib fuqarolarni chuv tushirgan shaxs ushlandi

3-sahifa 10106
image
-

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan soxta sahifa ochgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tekshiruv davomida shaxs soxta profil ochgan holda fuqarolar bilan muloqotga kirishganligi, muloqot jarayonida o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, foydalanuvchilar bilan yozishmalar olib borganligi, tarmoq foydalanuvchilariga turli masalalarda ayniqsa uy-joy va bank kreditlari ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini va’da qilib, aldab fuqarolardan 50 ming so‘mdan 1,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini bank plastik kartasiga tushirgan holda o‘zlashtirib, firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida, 2021 yil 5 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, ushbu noqonuniy harakatlarni  Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 1982 y.t., M.M. sodir etganligi aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro M.M. ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 411
Reyting: 2.9
Teglar
t
×