Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Jamiyat

image

Bugun, 31 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Bu majmua 2021 yilda, mustaqillikning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan edi. Unda mamlakatning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kungacha bo‘lgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir ajdodlarning siymolari aks ettirilgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

“Mustaqillik monumenti – ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident bugun Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lib, qatag‘on qurbonlarini yod etdi. Xiyobonda elga osh tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

38

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing