Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etish uchun Pekinga yetib bordi. Unga birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevni “Shoudu” xalqaro aeroportida XXR Favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. 

“Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Prezidenti 17-18 oktyabr kunlari XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar olib boradi. Shuningdek, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing