Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
Jamiyat
−
08 may 2023
7047O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 may kunlari “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga boradi. Bu haqda bugun, 8 may kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.
“Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti 18-19 may kunlari Shansi provinsiyasi Sian shahrida bo‘lib o‘tadi. Forumga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin mezbonlik qiladi”, deyiladi xabarda.
Unda aytilishicha, sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi.