Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
16:34 372 1 daqiqa
Samarqand shahrida “C5+1” formatidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdini qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
.jpg)
Qayd etilishicha, O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
.jpg)
Shuningdek, Prezident administratsiyalari, parlamentlar, hukumatlar, hududlar va ishbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalar yuksak baholangan.
“Tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va ekologiya sohalarida muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘lga qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini shakllantirish muhimligi ta’kidlangan. Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qilgandi.
Live
Barchasi