Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi
Jamiyat
−
16:52 341 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilishicha, Tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakat yetakchisiga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
.jpg)
Shuningdek, O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston rahbarining joriy yil iyul oyida Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Tovar ayirboshlash hajmining ijobiy o‘sish sur’ati, yetakchi korxonalar va hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilgani, energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Bundan tashqari, kelgusi yilga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar tadbirlar va hududlar darajasidagi almashinuvlar rejasini qabul qilish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hamda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdini qabul qilgan edi.
Live
Barchasi