Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan gaplashdi
Jamiyat
−
04 iyul 2022
5886Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Shuningdek, davlat rahbarlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqqan.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Savdo, transport va sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etilgan.
“Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lgan qo‘yilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi