Shavkat Mirziyoyev ertaga SHHT majlisida ishtirok etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 10 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Rossiya raisligida o‘tkaziladigan ushbu uchrashuv kun tartibidan yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llashi kutilmoqda.

Majlis yakunida SHHT doirasida, shu jumladan xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy kooperatsiya, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq hududlarni rivojlantirish, epidemiyalarga qarshi samarali kurashish va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Moskva deklaratsiyasi va hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ShHT

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing