Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi
Jamiyat
−
20 aprel 1124 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.
Prezident ushbu masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi, milliy pavilonlardan iborat maxsus ekologik ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.
Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilani O‘zbekistonga kelgan edi.
Live
BarchasiChimyonda qor ko‘chkisi kuzatildi
20 aprel