Prezident bugun Buxoroga boradi

Jamiyat

−

image

Bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari Buxoroda tarixiy merosni asraş va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi işlar, şuningdek, sanoat va qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişadi.

Şuningdek, ikki kunlik taşrif doirasida yangi loyihalarni işga tuşiriş va qurilişini boşlaş marosimida iştirok etiş, hamda viloyatni kompleks rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkaziş ham rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinçi kuni tadbirlarida iştirok etiş uçun Buxoro şahriga borgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing