Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

image

7-9 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan  davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, kecha, 5 avgust kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing