Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tilagan.

Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Denizlining Saraykoy shahrida yuz bergan. Izmirdan Antaliyaga ketayotgani aytilgan avtobusda 38 yo‘lovchi va uch nafar xodim bo‘lgan. Avtobus to‘siqlarga urilishi ortidan yonib ketgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish guruhlari, tez tibbiy yordam xizmati va politsiya vakillari yetib borgan.

Yong‘in o‘chirilgach, voqea joyida haydovchi va yetti nafar yo‘lovchi jon bergani aniqlangan. Halok bo‘lganlar qatorida to‘qqiz oylik chaqaloq ham borligi ma’lum qilingan. Jarohatlanganlar esa tez yordam mashinalarida shahardagi kasalxonalarga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing