Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2020 33143 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 oktyabr kuni Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga tabrik yo‘lladi.
Maktubda so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma’noda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rajab Toyib Erdo‘g‘anning serqirra va mas’uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g‘ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.
Ma’lumot uchun, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) 1923 yilning 29 oktyabrida Turkiya Respublikasi tuzilganini e’lon qilgan edi. Mustafo Kamol Otaturk mamlakatning birinchi Prezidenti bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025