Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023 12726 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Uchrashuv avvalida Bilol Erdo‘g‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirilgan.
Suhbatda qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025