Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nazarboyevni tabrikladi

O‘zbekiston

−

visibility14830 timer1 daqiqa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni munosabati bilan tabrik xati yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning saytida xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Nazarboyevga mustahkam sog‘lik, baxt va mamlakt farovonligi yo‘lidagi faoliyatida omad, qardosh qozoq xalqiga tinchlik, taraqqiyot va rivojlanish tilagan.

“Birinchi Prezident kuni – ko‘p millatli Qozog‘iston xalqining tarixiy tanlovi, tinchlik va barqarorlik, millat birligi va hamjihatligining o‘ziga xos ramzidir. Siz mamlakat rahbari, suveren Qozog‘istonning misli ko‘rilmagan yutuqlariga olib kelgan samarali islohotlarning asoschisi, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan global tashabbuslarning muallifi, tajribali va taniqli siyosatchi, xalqiga va Vataniga xizmat qilishni muqaddas burch deb biladigan fidoyi rahbar sifatida katta hurmat va e’tirofga sazovor bo‘ldingiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing