Shavkat Mirziyoyev dunyoning nufuzli musulmonlari ro‘yxatiga kirdi
Jamiyat
−
10 noyabr 2022
9294O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev har yili tuziladigan duyoning “500 nafar eng nufuzli musulmonlar” ro‘yxatidan joy oldi.
Mazkur ro‘yxat musulmon dunyosida siyosiy, iqtisodiy, diniy hamda madaniy kabi umumiy 13 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z ta’siriga ega bo‘lgan musulmon shaxslarni aniqlab boradi.
O‘z navbatida, ushbu ro‘yxatdan bir qator davlat rahbarlari — Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham o‘rin olgan.
Ma’lumot o‘rnida, “500 nafar eng nufuzli musulmonlar” jurnali 2009 yildan buyon yilda bir marta nashr etib kelinadi.
2016 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini egallab kelayotgan va 2021 yilda ikkinchi muddatga saylangan Shavkat Mirziyoyev ilk bor ushbu ro‘yxatdan o‘rin oldi.