Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2022
10013Bugun, 26 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston hukumati delegatsiyalarining qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qabulida bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Japarov uchrashuv natijalari ikki mamlakat xalqlari manfaatlaridan kelib chiqib, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha huquqiy jarayonni tezroq yakunlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chog‘ida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifini muhokama qildilar, shuningdek, tashrifga mo‘ljallangan qo‘shma reja va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdilar.
LiveBarchasi