Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lishni taklif qildi

Jamiyat

image
“Taxtaqoracha” dovoni qayta ta’mirlanadi north_east

“Taxtaqoracha” dovoni qayta ta’mirlanadi

Qashqadaryodagi Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lish taklif qilindi. Yangi tuman Ko‘kdala deb nomlanadi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.

“Chiroqchi tumani ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlar markazga kelish uchun, bir nechta transportdan foydalanishga, bunga 50 ming so‘mgacha xarajat qilishga majbur. O‘z paytida tuman Chiroqchi va Ko‘kdala hududlariga bo‘lingan edi. Shu bois, ko‘plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etsak”, degan nomzod Shavkat Mirziyoyev. 

Avvalroq, amaldagi davlat rahbari Qashqadaryoda boshqa viloyatlarga nisbatan muammolar ko‘p ekanini urg‘ulagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Chiroqchi Ko'kdala

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing