“Taxtaqoracha” dovoni qayta ta’mirlanadi

Jamiyat

image

Qashqadaryoni Samarqand bilan bog‘lovchi dovon ("Taxtaqoracha") davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta’mirlanadi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashining 1 million aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Qashqadaryoni Samarqand bilan bog‘lovchi dovon davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta’mirlanadi, shuningdek, tonnel qurilishining iqtisodiy samaradorligi ham o‘rganib chiqiladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Nomzod Mirziyoyev “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi besh yilda 140 ta qishloq va mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, bunga 1,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishiga va’da bergan.

“Viloyat aholisini qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolardan yana biri – uy-joy bilan ta’minlash masalasidir. Joriy yilda uy-joy masalasida Xalq qabulxonalariga 6 ming nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi”, degan amaldagi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing