Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston chetga qancha gaz sotayotganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning xorijga tabiiy gaz eksporti 15-20 foizgacha qisqargan. Mamlakat hozir xorijdan gaz sotib olishga ham qodir. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

“Qashqadaryoning men bormagan hududi qolmagan. Bosh vazir bo‘lgan paytlarimda ham og‘ir-og‘ir masalalarni hal qilishga harakat qilganmiz. Yilning mana shu paytlari hammamiz paxta dardida yurardik. Lekin qizig‘i, dalada emas, ko‘proq paxta zavodi atrofida aylanardik. Lekin “xlopzavod”da paxta o‘smaydiku, “pripiska” o‘sadi u yerda.

Bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 2016 yilgacha biz asosan gaz bilan paxta sotardik. Gazdan ko‘pi bilan 1 mlrd, paxtadan nari borsa 800-900 mln dollar daromad olardik. Hozir bilasizlar, chetga nari borsa 15-20 foiz gaz sotyapmiz. Chunki eski shartnomalarimiz bor. Kerak bo‘lsa chetdan gaz sotib olishga ham tayyormiz, sababi, sanoatimiz ishlayapti”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Amaldagi davlat rahbari Qashqadaryoda boshqa viloyatlarga nisbatan muammolar ko‘p ekanini urg‘ulagan.

“Bugun jonajon xalqimizning farovonligi uchun ko‘p-ko‘p ishlar qilishimiz kerakligini hammamiz bilamiz. Bugun ana shu masalalar bo‘yicha ochiq muloqot qilib olamiz”, degan Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing