Shavkat Mirziyoyev bo‘rondan zarar ko‘rgan Buxoroga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
28 aprel 2020
12674Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.
Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi natijasida binolar zarar ko‘rdi, daraxtlar sinib infratuzilmaga zarar yetkazdi. Tabiiy ofat vaqtida 31 kishi jarohatlanib, 1 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi