Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021 5823 1 daqiqa
Buxoro viloyatiga safarini davom ettirar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 yanvar kuni erta tongda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
“O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o‘qildi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Buxorodagi davlat xizmatlari markazi va IT-Park`da bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust