Shavkat Mirziyoyev arab davlatlarini islomofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz arab davlatlari islomofobiyaga qarshi birgalikda kurashishni taklif qildi. U bu haqda kecha, 19 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida so‘z ochdi. 

“Biz dunyoda kuzatilayotgan islomofobiya holatlari bilan birgalikda kurashishimiz va bu borada Islom hamkorlik tashkiloti doirasida amaliy qadamlar qo‘yishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Mirziyoyevning fikricha, ushbu tashkilotning mas’uliyati va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari, terrorizm, ekstremizm, radikalizm va narkotrafikka qarshi kurashish, mamlakatlar yoshlarini bu kabi xavf-xatarlar Internet va boshqa vositalar orqali tarqalishidan asrash borasida aloqalarni kuchaytirishni davrning o‘zi talab qilayotganini urg‘uladi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 iyul kuni Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoralab, buni yovuz harakat deb atagan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing