Shavkat Mirziyoyev AQSH senatorini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Pitersni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qabul davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari o‘sayotgani, AQSHning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘payagani qayd etildi. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilayotgani aytilgan.

Shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan AQSH Prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida o‘tkaziladigan “C5+1” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari senatori Gari Piters O‘zbekistonga kelgani va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Geri Piters

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing