O‘zbekistonga AQSH senatori keldi
Jamiyat
−
25 avgust 2023
4954Bugun, 25 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari senatori Gari Piters O‘zbekistonga keldi va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“AQSH Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters janoblari bilan Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv o‘tkazdik. Muzokaralarimiz kun tartibi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning bir qator mavzularini qamrab oldi”, deydi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, uchrashuv davomida Senator Gari Piters O‘zbekiston tadbirkorlarining Michigan shtati va AQSH biznes vakillari bilan aloqalarini mustahkamlashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gari Piters Qozog‘istonga tashri davomida Prezident Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘lgan edi. To‘qayev AQSH senatorining tashrifi ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi