Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya General-gubernatoriga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Petsi Reddiga hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Ma’lumot uchun, Yangi Zelandiyada masjid va ko‘chadagi otishma vaqtida sodir bo‘lgan otishmada 40 nafar odam halok bo‘ldi. Otishma sodir etganlardan biri politsiya tomonida hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Yangi Zelandiya hamdardlik

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing